YERNAZAR OLAKO’Z (taxminan 1806— 1856) — Xiva xonligida ko’tarilgan qoraqalpoqlar g’alayoni (1855-56) rahbari. U qora-qalpoqlarni Xiva xonligidan ajratib olish niyatida 1855 yil o’rtalarida Xiva xoniga qarshi g’alayon ko’targan. Amudaryoning o’ng sohilida Krraqalpoq xonligini tuzib, zorliq to’rani xon, o’zini esa unga bosh vazir deb e’lon qilgan. 1856 yil Fevralda Xiva xoni Sayd Muhammadxon Xo’jayli yonida Yernazarga qattiq zarba bergan, Zorliqto’ra va Yernazar qatl etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish