Yermeridiani
Meridian (lotincha: meridianis — tush payti), yermeridiani — Yer yuzasida har ikkala qutb orqali oʻtadigan faraziy yarim aylana chiziq. Uning barcha nuqtalari bir xil geofafik uzunlikka ega boʻladi. Meridian boʻylab geografik kenglik hisoblab chiqariladi. Ekvatordan shim. da shimoliy kenglik, ekvatordan jan.da janubiy kenglik boʻladi. Krasovskiy ellipsoidiga koʻra, Meridianning toʻla uzunligi (Yer aylanasi) 40008,550 km. Xalqaro amaliyotda boshlangʻich Meridian sifatida Grinvich Meridian qabul qilingan.
Yana qara
Manbalar
uz.wikipedia.org