YERGA ULASH



YERGA ULASH (zazemlenie) –elektr apparatlar, mashinalar, jixrzlar, yashin qaytargichlar va boshqalarni yer bilan tutashtirish. Yerga ulagichlar vositasida amalga oshiriladi. Yerga ulagich yerga ko’miladigan metall (po’lat, mis) elektrod va qurilmalarning yerga ulanadigan qismlarini elektrod bilan biriktiradigan o’tkazgichdan iborat. Yerga tik qoqiladigan po’lat quvur (vodoprovod tarmog’i, Markaziy isitish yoki gaz tarmoqlaridan boshqa) qam elektrod vazifasini bajaradi. Yerga ulanadigan qism bilan yer orasidagi qarshilikni kamaytirish uchun elektrod sizot suvlari sathi chuqurligida ko’miladi; yerning qarshiligi katta bo’lganda elektrodga namakob quyiladi. Yerga ulash radioeshittirish tarmoqlarida, radiotexnikada, simli aloqada (bunda yer o’tkazgich vazifasini bajaradi), yashin qaytargich va boshqalar apparatlarda (ularni ortiqcha kuchlanishdan himoya qilish, ya’ni tokni yerga o’tkazib yuborish uchun) ishlatiladi. Yerga ulash tashqi maydon ta’sirida hosil bo’ladigan qarshiliklarni kamaytiradi. Kishilarni tok urishidan himoya qilish uchun kuchlanish ostidagi qurilmalarning tashqi metall qismlari (mashina, apparat korpuslari va boshqaalar) yerga ulanadi. Yerga ulash qarshiligi o’zgaruvchan tok ko’prigi bilan o’lchanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz