Yereymentau tumani
Yereymentau tumani — Akmola viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 17,5 ming km². Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yereymentau shahri.
Tuman hududi orqali Astana — Yereymentau — Pavlodar, Yereymentau — Aysari temir yoʻli, Astana — Yereymentau — Pavlodar, Yereymentau — Bestoʻbe avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi
Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm.
Aholi punktlari
Verenka, Novodolinka, Yerkenshilik, Oʻljabay Batir (sobiq Blagodatnoe), Taybay, Oʻlenti, Qoʻytas, Boʻztal, Toʻrgʻay, (Novomarkovka).
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org