Yereymentau (tuman)





Yereymentau tumani  — Akmola viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 17,5 ming km². Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yereymentau shahri.
Tuman hududi orqali Astana — Yereymentau — Pavlodar, Yereymentau — Aysari temir yoʻli, Astana — Yereymentau — Pavlodar, Yereymentau — Bestoʻbe avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi



Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm.

Aholi punktlari



Verenka, Novodolinka, Yerkenshilik, Oʻljabay Batir (sobiq Blagodatnoe), Taybay, Oʻlenti, Qoʻytas, Boʻztal, Toʻrgʻay, (Novomarkovka).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz