YEREVAN UNIVERSITETI



YEREVAN UNIVERSITETI – 1920 yilda tashkil etilgan. Matematika, kibernetika, fizika, kimyo, biologiya, Filologiya, tarix, huquqshunoslik, geologiya, sharqshunoslik, falsafa va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Aspirantura, kutubxonasi (1,5 millionga yaqin asar) bor. “Ilmiy asarlar” nashr etadi. 7 mingga yaqin talaba o’qiydi. Tashkil etilgandan beri 35 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz