Yerdagi zarba kraterlari




Yerdagi zarba kraterlari kraterlarning Yerga koʻrsatgan taʼsirlarini anglatadi.

Tasdiqlangan zarba kraterlari hajmi va yoshi



Yerdagi zarba kraterlarini meteoritlarning (katta asteroid boʻlaklari) yoki kometalarning (muz, chang zarralari va tosh boʻlaklari) Yer bilan toʻqnashuvi natijasida yuzaga kelgan. Eroziyaga uchragan yoki koʻmilgan kraterlar uchun koʻrsatilgan diametr odatda obyekt asl diametrining mavjud boʻlgan eng mukammal taxminiy natijalarini bildiradi. Lekin bu taxmin mavjud sirt xususiyatlariga mos kelmasligi mumkin. Vaqt birliklari ka (minglab) yoki Ma (million yillar) bilan ifodalanadi.

10 ka yoki undan kam boʻlgan kraterlar



Yerdagi zarba kraterlari (EID) orasida oʻn ming kadan kamroq va diametri 100 m (330 ft) ga teng yoki undan koʻproq boʻlgan kraterlarning oʻndan kamrogʻi aniqlangan. Bunday turdagi kraterlarning soʻnggi 100 000 yildagi eng kattasi Argentinadagi Rio Cuarto krateri ((100 ka) 4.5 km (2.8 mi)) hisoblanadi. Biroq, uning kelib chiqishi va yoshi bilan bogʻliq baʼzi noaniqliklar mavjud. Baʼzi manbalar Argentinadagi Rio Cuarto kraterining yoshini < 10 ka deb beradi, EID esa kengroq < 100 ka beradi.

Bronza davridagi Kaali krateri (miloddan avvalgi 2000-yil) Estoniya va Finlandiya mifologiyasi namunalarida uchrayadi. Campo del Cielo krateri (miloddan avvalgi 2000-yil) haqidagi maʼlumotlar baʼzi tubjoy amerikalik qabilalarning afsonalarida uchraydi. Henbury krateri (miloddan avvalgi 2200-y.) avstraliyalik aborigenlarning ogʻzaki ijodida keng qoʻllaniladi.

AD- milodiy sana, BC- miloddan avvalgi sana.

Rio Cuarto kraterlari uchun 2002-yilgi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ular aslida aeolian tuzilmalari boʻlishi mumkinligi taxmin qilindi. EID ushbu kraterning oʻlchamini taxminan 50 m (160 ft) deb hisoblaydi. Ammo boshqa manbalar uning 100 m (330 ft) koʻrsatkichini keltiradi.

10 ka dan 1 mln gacha boʻlgan kraterlar




10 ka dan 1 mln gacha boʻlgan kraterlarning soʻnggi bir million yil ichida eng kattasi Qozogʻistondagi Zhamanshin krateri (14-kilometr (8.7 mi)) hisoblanadi. Bu krater yadroviy qish hosil qilish qobiliyatiga ega deb taʼriflangan.

Shu bilan birga, hozirda nomaʼlum boʻlgan ulkan Australasian strewnfield kraterining oʻlchami (taxminan 780 ka) taxminan 100 km (62 mi) ga yaqin boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

1 Madan 10 Magacha boʻlgan kraterlar




1 Madan 10 Magacha va diametri 5 km va undan ortiq boʻlgan kraterlar (agar uning yoshiga oid noaniqliklar bartaraf etilsa) soʻnggi 10 million yil ichida eng kattasi 52-kilometr (32 mi) ,yoshi 5 milliondan kam boʻlgan EID roʻyxatiga kiritilgan Karakul krateri (yoki Pliocene) boʻladi. Tinch okeanidagi Eltanin krateri (2,5 milya) Pliocene davridagi muzliklar va sovishlarga hissa qoʻshgan.

10 Ma yoki undan ortiq boʻlgan kraterlar



Bunday oʻlchamdagi qirqdan ortiq kraterlar mavjud. Bunday oʻlchamdagi soʻnggi yuz million yil ichidagi eng katta ikkita krater Chicxulub va Popigai kraterlari hisoblanadi.

Qitʼalar boʻyicha kraterlar




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz