Yer uchastkasiga boʻlgan huquni davlat roʻyxatiga olish
Yer uchastkasiga boʻlgan huquni davlat roʻyxatiga olish — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquning davlar reestriga kiritilishi.
OʻzR YKning 35-moddasiga asosan, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatiga olinishi kerak. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalari joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Davlat reestriga quyidagilar kiritiladi:
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatiga olingani toʻgʻrisida roʻyxatga olingan sana va tartib raqami koʻrdatilgan holda guvohnoma beriladi. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni dablat roʻyxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: — davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi toʻgʻrisida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar borligi; — davlat roʻyxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjudligi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquni davlat roʻyxatiga olish tartibi OʻzR VMning 1998- yil 31- dekabrdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org