Yer uchastkalarini xususiylashtirish
Yer uchastkalarini xususiylashtirish — yer uchastkalarini davlat mulkidan fuqarolar va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijaraga olish huquqi bioan olinishi. OʻzRda yer umummilliy boylik-davlat mulki boʻlgani uchun ham u "sof " ravishda xususiylashtirilishi mumkin emas. OʻzR YKning 18- moddasiga asosan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan savdo va hizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlarining joylashgan yer uchastkasi bilan birgalikda xususiylashtirilganida respublikamizda akkreditatsiya qilingan diplomatiya vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarni imorat yoki imorat qismlari, shu jumladan, vakolatxona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun berilgan yer uchastkalari realizatsiya qilinganida, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning uy-joy binolari realizatsiya qilinganida ashyoviy huquq sifatida vujudga keladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org