Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi




Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi  — butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yohud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda;

2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;

3) yuridik shaxs tugatilganda;

4) xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnatga oid munosabatlar bekor boʻlganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa;

5) yer uchaskasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;

6) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganida, bu qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan past boʻlishida ifodalanganda;

7) yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radiaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik vaziyatni yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;

9) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yer soligʻi, shuningdek ijaraga olish shartnomasoda belgilangan muddatlarda ijara haqi muntazam toʻlanmay kelinganida;

10) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berib qoʻyilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;

11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kiyoshdi savdosida sotib olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda boʻlgan taqdirda esa, garov shartnomasi muddati davomida foydalanilmaganida;

12) yer uchastkasi OʻzR YKda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganida.

Qonun hujjatlarida yer uchastkasiga egalik qilish huquqi, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi va yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini bekor qilishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

Yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi hamda mulkdori yer uchastkasiga boʻlgan huquqlaridan voz kechishidan yaqqol dalolat beruvchi xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda, bu yer uchastkasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda egasiz mol-mulk tariqasida hisobga olinadi. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlardan voz kechish mazkur yer uchastkasining egalik qiluvchisi majburiyatlarining, yer uchastkasi boshqa shaxsga berilgunga qadar, biroq voz kechilgan paytdan yoki egasiz mol-mulk tariqasida davlat roʻyxatiga olingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil mobaynida, bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz