Yer Toʻstik jane Aydahar




Yer Toʻstik jane Aydahar (qozoqcha: Ер Төстік және Айдаһар) — 2013-yilda ekranlarga chiqarilgan 3D kompyuter-animatsion film. Filmga Jaken Danenov va Rustam Turaliyev rejissorlik qilishgan.

Mazmuni



Yer osti shohligining hukmdori Bapa ayyor rejani boshladi. U Samruk qushining tuxumi boʻlgan Quyoshni yutib, shu orqali yer yuzida mangu zulmat olamini yaratishga qaror qildi. Ming yilda bir marta Yovuzlikni toʻxtata oladigan botir tugʻilishini bilgan Bapa yordamchilari yordamida shunday botir tugʻilmasligi va uning yoʻliga hech kim gʻov boʻlmasligi uchun hamma narsani qiladi.

Shunday boʻlsa-da, Tostik tugʻiladi. Soat sayin oʻsib, ulgʻayadi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Samruk qushi yangi tuxum qoʻyish uchun uchadigan payt yaqinlashib qoladi. Va faqat Aydahar bilan hal qiluvchi jang insoniyat taqdirini hal qiladi.

Ovoz berganlar




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz