YER PO’STI



YER PO’STI — yerning tashqi qattiq qobig’i, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Yer po’stining pastki chegarasi bo’ylama va ko’ndalang seysmik to’lqinlar tezligi birdaniga o’zgaradigan (6,7—7,6 kilometr/sekunddan 7,9— 8,2 kilometr/sekundgacha) yuza — Moxorovichich yuzasidan o’tadi. Shu yuza bilan Yer po’sti mantiyadan ajraladi. Yer po’stining quruqlik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Yer po’stining qalinligi tekisliklarda 35-45 kilometr, tog’liklarda 50— 75 kilometrgacha. Okean osti Yer po’stiniki 5-10 kilometr. Quruqlikda Yer po’sti uch qatlam: yuqoridagi cho’kindi (qalinligi 15-20 kilometrgacha), o’rtadagi shartli ravishda “granit” (10-20 kilometr), pastdagi “bazalt” (o’rtacha 15-20 kilometr) dan tashkil topgan. Okean osti Yer po’stida “granit” qatlami yo’q, cho’kindi qatlami ham yupqa. Quruqlikda Yer po’stining yuqori qatlami cho’kindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan bo’lib, ko’pincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. “Granit” qatlam granit va gneyslardan, “bazalt” esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat. Okean osti Yer po’sti 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz cho’kindilari (1 kilometrgacha), uning ostidagisi zichlangan cho’kindilar (1-2 kilometr), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4-8 kilometr) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor. Okeandan quruklikka o’tadigan joyda oraliq (subkontinental yoki sub’okean) Yer po’sti (8-25 kilometr) joylashgan. Yer po’stida muntazam tektonik harakatlar bo’lib turadi. Shunga binoan Yer po’sti harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar — platformalarga bo’lingan. Yer po’stining yoshi 3,5—4,5 milliard yilga teng. Yer po’stining rivojlanishi yer qa’ridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bog’liq bo’lsa kerak deb faraz qilinadi. Yer po’sti izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: ya’ni Yer po’stining qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq bo’lsa, u substratga chuqurroq cho’kkan bo’ladi. Tektonik kuchlar Yer po’stining izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Yer po’sti yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Yer po’stining geologik tuzilishini o’rganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol o’ynaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Yer po‘sti haqida uzunroq ma’lumot

Yer po‘sti – bu yer yuzasining eng yuqori, qattiq va qalin qatlami bo‘lib, u atmosfera bilan chegaralashgan va yer yuzasining shaklini, tuzilishini, minerallarini hamda geografik xususiyatlarini aniqlaydi. Yer po‘sti yerning eng tashqi va eng sovuq qatlami hisoblanadi.

Yer po‘stining asosiy xususiyatlari va tuzilishi:

  1. Qalinligi va tuzilishi: Yer po‘sti qalinligi o‘rtacha 5 dan 70 km gacha bo‘lib, dengiz tubida o‘rtacha 5-10 km, quruqlikda esa 30-70 km qalinlikda bo‘ladi. Yer po‘sti uch turdagi qavatdan iborat:
  1. Minerallar va tarkibi: Yer po‘sti asosan qalqonsimon minerallar (kvarts, feldspat), mica, ferromagnit va boshqa minerallarni o‘z ichiga oladi. Minerallarning tarqalishiga qarab, turli toshlar (granit, bazalt, shag‘al va hokazo) hosil bo‘ladi.

  2. Ahamiya­ti:

  1. Yer po‘stini o‘rganish: Geologlar, geofiziklar va boshqa fan vakillari turli asbob-uskunalar va metodlar yordamida yer po‘stining qalinligi, tuzilishi va tarkibini o‘rganadilar. Bu ma’lumotlar tabiiy resurslarni izlash, yer qobig‘ining harakati va zilzilalarni oldindan bilish uchun zarurdir.

Xulosa qilib aytganda, yer po‘sti yer yuzasidagi hayot uchun asos bo‘lib, uning tuzilishi va tarkibini o‘rganish tabiatni yaxshiroq tushunish va uni saqlashda muhim ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz