YER BILIMI



YER BILIMI, umumiy yer bilimi — tabiiy geografiyaning bo’limi; yer qobig’ining umumiy tabiiy-geografik qonuniyatlarini o’rganadi. Yer bilimi termini ba’zan yerni planeta sifatida o’rganadigan barcha fanlar (geografiya, geofizika, geologiya)ga nisbatan ham ishlatiladi. Bu termin ilmiy adabiyotga nemis geografi K. Ritter tomonidan kiritilgan. Yer bilimi o’rniga ko’proq “umumiy tabiiy geografiya” termini ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz