YENIKEYEV USMON YUSUPOVICH
YENIKEYEV USMON YUSUPOVICH (1933, Penza viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Dushanba pedagogika institutining matematika fakultetini tugatgan (1965). 1951-89 yillarda Angor va Denov tumanlaridagi maktablarda fizika-matematika o’qituvchisi, 1989 yildan Toshkent shahri Akmal Ikromov tumanidagi 287-maktabda matematika o’qituvchisi. Dars va darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar bilan turli ko’rgazmali qurollar tayyorlab, ulardan oqilona foydalanadi, “yosh matematiklar” to’garagiga rahbarlik qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz