YENGIL ATLETIKA — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarcho’p bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irg’itish, ko’pkurash (o’nkurash, ettikurash) mashqlarini o’z ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, ta’lim muassasalarining o’quv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, o’quvchi-yoshlarning “Alpomish” va “Barchinoy” sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning “Iliada”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi. Qadimgi Olimpiada o’yinlarida (miloddan avvalgi 776 yildan milodiy 394 yilgacha) asosan Yengil atletika bo’yicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek o’yinlari o’tkazilishi va Olimpiada tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta bo’ldi. 1912 yilda xalqaro havaskor Yengil atletikachilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat a’zo (2001 yil; O’zbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan a’zo). IAAF 1977 yildan jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini o’tkazib keladi. O’zbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Marg’ilonda shu turga moslashtirilgan o’yingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada o’tkazila boshlagan. O’zbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qo’l ostida Yengil atletika bilan shug’ullanadi, murabbiylardan 3 nafari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi, 10 nafari O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). O’zbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada o’yinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4×100 metrga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarcho’p bilan sakrash, 1988) kumush medalni qo’lga kiritgan, Ramil G’aniyev (o’nkurash, 1996) 8-o’rinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 metrga to’siqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzoq masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni bo’lgan (1967— 69). Osiyo o’yinlarida 1994 yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil G’aniyev (o’nkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelnikov (o’nkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Yengil atletika — bu sportning eng qadimiy va ko‘p qamrovli turlaridan biri bo‘lib, asosiy e'tibor qobiliyat, tezlik, chidamlilik va texnika asosida jismoniy imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazadigan sport turlariga qaratilgan. Yengil atletika o‘z ichiga yugurish, sakrash va o‘q uloqtirish kabi asosiy turlardan iborat bo‘lib, undan tashqari ko‘plab turdagi musobaqalarni o‘z ichiga oladi.
Tarixi va rivojlanishi
Yengil atletika tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Uning ildizlari qadimgi Yunoniston Olimpiya o‘yinlaridan boshlangan bo‘lib, bu sport turlari zamonaviy shaklini XIX asr oxiri va XX asr boshlarida olgan. Hozirgi kunda yengil atletika butun dunyo bo‘ylab ommaviy sport turiga aylangan va yirik xalqaro musobaqalarda, jumladan, Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari kabi turnirlarda asosiy o‘rin tutadi.
Yengil atletikaning asosiy turlari
Yugurish (Poyga)
Qisqa masofali yugurish: 100 m, 200 m, 400 m.
O‘rta masofali yugurish: 800 m, 1500 m.
Uzoq masofali yugurish: 5000 m, 10 000 m.
Shosse yugurishlari: marafon (42,195 km), yarim marafon.
Sakrashlar: 110 m to‘siqli yugurish (erkaklar), 100 m to‘siqli yugurish (ayollar), 400 m to‘siqli yugurish.
Sakrash
Uzunlikka sakrash.
Bo‘yga sakrash.
Uch bosqichli sakrash.
Uloqtirish
Disk uloqtirish.
Qalqon uloqtirish (shot put).
O‘q uloqtirish.
Mildirak uloqtirish.
Musobaqalar va reytinglar
Yengil atletikada sportchilar individual va jamoaviy sifatida qatnashishi mumkin. Bu sport turi bo‘yicha yil davomida ko‘plab xalqaro, mintaqaviy va milliy musobaqalar o‘tkaziladi. Eng yirik xalqaro musobaqalar qatoriga quyidagilar kiradi:
Olimpiya o‘yinlari.
Jahon chempionati.
Yevropa chempionati.
Diamond League seriyasi.
Yengil atletikaning ahamiyati
Yengil atletika sportchilarga jismoniy chidamlilikni oshirish, tezlik va texnikani takomillashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, u yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi, jamoaviy hamda individual muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga ko‘maklashadi. Yengil atletika orqali inson tanasining barcha asosiy mushak guruhlari rivojlantiriladi, bu esa sog‘lom va faol hayot kechirishga yordam beradi.
Xulosa
Yengil atletika — bu insonning maksimal jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadigan va rivojlantiradigan ko‘plab sport turlarini o‘z ichiga olgan sport musobaqalari majmuasi. Uning ahamiyati nafaqat sport maydonida, balki insonning umumiy jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini saqlashda ham katta o‘rin tutadi. Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar uchun yengil atletika sog‘lom va faol hayotni ta'minlovchi asosiy faoliyatlardan biridir.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish