Yengil atlatika yugurish yo'lagi




Yengil atletika yo'lakning standart belgisi bilan u bir xil uzunlikdagi ikkita parallel tekis qismdan iborat bo'lib, ular bir xil radiusli ikkita burma (yarim doira) bilan ovalga yopilgan.Yo'akchaning eni -1,22 ± 0,01 м shu jumladan, tashqi yo'lak bilan 5 sm bo'linuvchi chiziq. Qisqa masofaga yugurish, ya’ni sprint 1896 yilda zamonaviy 1-Olimpiada o‘yinlarida qaytadan rivojlana bordi va musobaqalar dasturidan qisqa masofaning 100 va 400 m.ga yugurish turlari o‘rin oldi. Mazkur Olimpiada o‘yinlarining har ikkala turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarida amerikalik T.Burk g’olib bo‘lib, tarixga kiradi. U 100 m. masofaga 12.0, 400 m.ga esa 54.2 natija ko‘rsatgan.

1900 yili Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari dasturiga qisqa masofaning yana ikki turi 60 va 200 m. masofalari kiritiladi. Qisqa masofalarning hamma (60, 100, 200, 400 m.ga yugurish) turida amerikalik sportchilarning qo‘llari baland keladi.

Sprintning 60 m.ga yugurish turi bo‘yicha faqatgina ikkita Olimpiada o‘yinlarida musobaqalar o‘tkazilgan. 1908 yildan e‘tiboran mazkur masofa dasturdan chiqarilgan.

20 asrning birinchi yarmigacha qisqa masofaga yugurish musobaqalarida AQSHlik sportchilar yaqqol etakchilik qilib keldilar. O‘sha paytlarda 100 m.ga J.Ouens tomonidan o‘rnatilgan rekord (10.2) 20 yil o‘zgarmay turgani buning yorqin misolidir.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz