Yengashev Sergey




Sergey Vladimirovich Yengashev (1960-yil 20-mayda tugʻilgan, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – rus olimi, hayvonlarning parazitar kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha mutaxassis. Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi (2019; 2016-yildan muxbir aʼzosi), veterinariya fanlari doktori (2003), professor (2006) hisoblanadi. Veterinariya preparatlarini ishlab chiqaruvchi „Agrovetzashita“ ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori vazifasini bajargan. NGSKhA va MGAVMiB professori. Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi(2016) shaxs hisoblanadi.

Biografiyasi



Moskva davlat veterinariya tibbiyoti va biotexnologiya akademiyasi (1982) va Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Xalq xoʻjaligi akademiyasining (2010) bitiruvchisi. 1987—1990-yillarda. 1990—1993-yillarda alma-mater aspiranti boʻlgan. 1992-yilda „Rossiyaning Chernozem zonasida qoramollarda telazioz kasalligiga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish“ nomzodlik, 2002-yilda „Parazit kasalliklarga qarshi kurashda veterinariya dori vositalarining yangi dozalash shakllarini ishlab chiqish va joriy etish“ doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

U rahbarlik qilayotgan „Agrovetzashita“ ilmiy-tadqiqot markazida uy hayvonlari, sudraluvchilar, baliqlar, manzarali qushlar, kemiruvchilar, otlar va mahsuldor hayvonlar uchun 300 dan ortiq dori-darmon va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 2007-yildan Nijniy Novgorod davlat qishloq xoʻjaligi akademiyasining professori.

Olim hayoti davomida yuqori darajalarda ishlagan jumladan, Akademik K. I. Skryabin tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan MGAVMiB – K. I. Skryabin nomidagi MVA konferensiyasi tashkiliy qoʻmitasi hamraisi (2018),Shorinxoʻx Shohtemur nomidagi Tojikiston agrar universiteti faxriy professori (2011) va A. I. nomidagi Moskva davlat veterinariya va biotexnologiyalar akademiyasi akademigi(2014) kabi bir qancha lavozimlarga tayinlangan.

Uning 250 ga yaqin ilmiy ishlari, shu jumladan 11 ta monografiyalari chop etilgan. Hozirgacha biotexnologik qoʻllanmalari darslik sifatida foydalaniladi.

Chop etilgan ishlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz