Yenbek (Oqko‘l tumani)




Yenbek (qozoqcha: Еңбек, 2005-yilgacha — Trudovoye) — Qozogʻiston Respublikasi Aqmoʻla viloyati Oqkoʻl tumanidagi qishlog'i. Yenbek qishloq okrugi maʼmuriy markazi. KATO kodi — 113253100.

Geografiya



Qishloq Jarliqoʻl koʻli yaqinida, tumanning janubiy qismida, tuman maʼmuriy markazi Oqkoʻl shahridan 13 kilometr janubida joylashgan.

Dengiz sathidan balandligi 361 metrni tashkil etadi.

Iqlimi sovuq moʻʼtadil, namlik sifati yaxshi. Havoning oʻrtacha yillik harorati manfiy boʻlib, taxminan -3,4°C ni tashkil qiladi. Iyul oyining oʻrtacha havo harorati +19,5°S ga yetadi. Yanvarning oʻrtacha harorati -15,1°C atrofida bo'ladi. Yillik oʻrtacha yogʻin sodir bo'lish miqdori 400 mm ga yaqin bo'ladi. Yogʻingarchilikning asosiy qismi iyun va avgust oylariga toʻgʻri keladi.

Eng yaqin aholi punktlari gʻarbdan Tabigat qishlogʻi, shimoldan Oqkoʻl shahri, janubi-sharqdan Miqtiqol qishlogʻlari joylashgan.

Qishloqning sharqida Trans-Qozog'iston temir yo'li va respublika ahamiyatga ega — A-1 ( Ostona - Petropavlovsk ) avtomobil yo'li joylashgan.

Aholi



1989-yilda qishloq aholisi 1351 kishi (shundan ruslar —38  %, nemislar— 26 %, qozoqlar — 23 %) edi.

1999-yilda qishloq aholisi 1123 kishidan (550 erkaklar va 573 ayollar) edi. 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 925 kishidan (443 erkaklar va 482 ayollar) yashagan.

Ko'chalar[7]




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz