YENA
YENA — Germaniyadagi shahar, Tyuringiya yerida. Zaale daryosi bo’yida. Aholisi 101 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Optika-mexanika sanoatining yirik markazi. “Karl Tseys” zavodi dunyoda optika asboblari ishlab chiqaradigan eng katta korxonalardan biri. Asosan, eksport uchun astronomiya uskunalari, yorug’lik va elektron mikroskoplar, tibbiyot uskunalari, fotoob’yektivlar, binokllar, optik shishalar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Yena universiteti, planetariy, seysmologiya instituti, rasadxona bor. 1806 yilda Yena yaqinida Napoleon qo’shinlari Prussiyani mag’lubiyatga uchratgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz