Yemilian Bukov




Yemilian Nesterovich Bukov (rumincha: Emilian Radu Bucov; 1909.27.7 Janubiy Bessarabiya – 1984.17.10) — Moldova xalq yozuvchisi (1982). Buxarest universitetini tugatgan (1936). Ilk ijodida jamiyat keskin tanqid qilingan, inqilobiy kurash ruhi kuchli ("Mehnat qaynaydi", 1932; "Quyosh nutqi", 1937; "Xitoy", 1938 va boshqa sheʼrlar toʻplamlari). Keyinchalik Bukov vatanni, moldovanlar hayotidagi oʻzgarishlarni kuylagan ("Men seni koʻryapman, Moldova", 1942; "Dnestrda bahor", 1944; "Mening mamlakatim", 1947 va boshqalar). "Bugun va erta" (1965) sheʼrlar toʻplami, "Reut shahri" (1965) sheʼriy roman, "Qalb uchqunlari" (1965) hikoyalar toʻplami hamda "Magistral" (1969) romani bor. "Ona" hikoyasi, "Yoshlarga", "Aprel", "Bugun va erta", "Oʻtmish va istiqbol" sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Moldova davlat gimnining muallifi (hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz