YELPIG’ICH QANOTLILAR



YELPIG’ICH QANOTLILAR (Strepsi ptera, ya’ni Rhipiptera) — parazit hasharotlar turkumi. 300 turi ma’lum. Pardaqanotlilar, Saratonlar, to’g’riqanotlilar, beshiktervatarlar, qandalalar, ikki qanotlilar va qildumli hasharotlarda parazitlik qiladi. Juda mayda hasharotlar (uzunligi 1,5—4 millimetr). Jinsiy dimorfizm yaqqol ko’zga tashlanadi. Erkaklarining tanasi bosh, ko’krak va qoringa bo’linadi; og’iz organlari kuchli reduktsiyalangan, oziqlanmaydi; oldingi qanoti o’simta shaklida; keyingi qanoti keng pardasimon, tinch holatda elpig’ichga o’xshab, taxlanib turadi. Urg’ochi Yelpig’ich qanotlilar hayoti davomida hasharotlar ichki organlarida parazitlik qiladi; oyog’i va qanoti bo’lmaydi; boshi ko’kragi bilan qo’shilib, boshko’krakni hosil qiladi. Yelpig’ich qanotlilarning qurtlari odatda o’simlikka o’rnashib olib, o’z xo’jayinining yaqinlashishini kutib turadi. Xo’jayini tanasiga yopishib olgan parazit maxsus ferment yordamida uning xitin po’stini eritib, tana bo’shlig’iga kirib oladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz