Yelkali Deisus Moskva Kremli Uspenskiy sobori ikonasi




Yelkali Deisus  — moʻgʻullar istilosidan oldingi davrga xos rus ikonasi. U Davlat Tretyakov galereyasi toʻplamida saqlanadi.

Tarixi



Ikona XII asrning oxiriga (I.E.Grabar, V.I. Antonova) yoki XIII asr ilk oʻttiz yilliga xos (V. N.Lazarev, G.S.Kolpakova). Ikonaning kelib chiqishini Vladimir Rus davri bilan qiyoslashadi. Bunga deisusdagi Bokira Maryamning yuz xususiyatlari Bogolyubskaya ikonasidagi chehra aksiga yaqinligi bilan izohlanadi. U Moskva Kremlining Uspenskiy soborida Avliyo Filippning qabri ustida joylashgan edi. XVI asrda qayta tiklangan.

Ikona 1936-yilda Tretyakov galereyasiga Qurol-yarogʻlar palatasidan (Orujeynaya palata) kelgan. Xuddi shu yili I.A. Baranov tomonidan aniqlangan.

Ikonografiyasi



"Farishtalar bilan Najotkor Emmanuel" ikonasi singari, yelkali Deisus mehrobining toʻsinini bezash uchun chizilgan, ammo badiiy ijro jihatidan undan quyi sifatda:

Ikonadagi shakllar kichik burilishlarda taqdim etilgan, Bokira Maryam va choʻqintiruvchi Yuhanno yuzlari Najotkor yuzidan kattaroq tasvirlangan, bu uning tasviri birmuncha uzoqroqda turgandek aks ettiradi. Bokira Maryam boshida sariq chizigʻi boʻlgan qizil-jigarrang maforium bor, uning ostida quyuq koʻk qalpoq koʻrinadi. Iso Masih jigarrang chiton va toʻq yashil himation kiygan holda. Choʻqintiruvchi Yuhanno Masihning ruhi bilan bir xil rangdagi jubba kiygan.

Iso Masih va Choʻqintiruvchining yuzlaridagi asl boʻyoq qatlami yoʻqolgan (Isoning yuzida boʻyoq qatlami taxtagacha oʻchib ketgan va keyinchalik unga qizgʻish tus berilganining dogʻlari bor). Tangri onasining yuzi yaxshiroq saqlangan. Biroq, uning ham yuqori qatlamlaridagi boʻyoqlarda yoʻqotishlar bor. Uning yuzi oʻng tomonida qora boʻyoq bilan qilingan qadimiy yozuv parchasi saqlanib qolgan.

Ikona 3 gorizontal qismdan tasalgan joʻka taxtasiga chizilgan. Romi temir mixlar bilan mahkahlangan. Kemali ikona taxtasiga maxsus mato tortilmagan. XVI asrlarda levkas mato ustiga qoʻyilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz