YELIN
YELIN (uber) —urg’ochi hayvonlarning sut bezlari. Cho’chqalarda yakka-yakka, boshqa chorva mollarida tashqi tomondan umumlashgan, ammo ichki tomondan pardalar bilan ajralgan. Sigirlarda to’rt, qo’y va echkilarda ikki pallali va shuncha so’rg’ichli bo’ladi. Har qaysi sut bezi qon tomirlari, nerv, yog’to’qimalari va bezli parenximalardan iborat. So’rg’ich kanallarini xalqasimon mushak to’qima berkitib turadi. Yelin terisi mayin jun bilan qoplangan. Yelin hajmi, shakli, uzunligi va kengligi bo’yicha baholanadi. Kosasimon Yelinli sigirlar mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Massaj qilish orqali Yelinni rivojlantirish mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz