YELIMLI BIRIKMA
YELIMLI BIRIKMA – mashina detallari, qurilish konstruktsiyalari, mebellar, yengil sanoat buyumlari va boshqalarning yelim yordamida tayyorlanadigan ajralmas birikmalari. Yelimli birikma turli xil materiallarni mahkamlashga imkon beradi. Po’lat, alyuminiy, jez, tekstolit, getinaks, shisha, faner, yog’och, gazlama, plastmassa, rezina va boshqa materiallardan buyumlar tayyorlashda Yelimli birikma foydalaniladi. Jihozlarni yig’ish va inshootlarni qurishda Yelimli birikma payvandlash, parchinlash va boshqa usullarning o’rnini qoplashi mumkin. Siljishga yoki bir tekis uzilishga duchor bo’ladigan birikmalarda Yelimli birikma usuli qo’llaniladi. Yelimli birikma choki juda mustahkam bo’lib chiqadi. Masalan, plastmassalarning yelimlangan choki mustahkamligi material mustahkamligidan ham yuqori bo’ladi, lekin Yelimli birikma uzoqqa chidamaydi. Yelimli birikma. uchun duradgorlik yelimlari, universal (hammabop) yelimlar, organik va anorganik yelimlar ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz