YELIK
YELIK (Capreolus capreolus) — kiyiklar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon, Yelik urug’ining yagona turi. Urg’ochisi tanasining uzunligi 140 santimetrgacha, bo’yi 90 santimetrgacha, og’irligi 55 kilogrammgacha. Erkaklari kichikroq, dumi kalta, 3, ba’zan 4 qisqa butoqli kichik shoxi bor. Yozgi juni juda kalta va silliq, orqasi sarg’ish-malla, biqinlaridagi juni oqish. Ko’kragi, qorni va oyoklari sarg’ish. Qishki juni uzun, orqasi qorniga nisbatan qoramtir, qo’ng’ir tusda tovlanadi. Sonida oq dog’i bor. Yelik Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yozda o’tloklar va tog’yon bag’irlarida yashaydi. Qishda tog’dan vodiylarga tushadi. Ko’pincha 2 ta, ba’zan Z ta bola tug’adi. Yelik daraxt bargi va novdalari, rezavormevalar, yo’sin hamda lishayniklar bilan oziqlanadi. Mazali go’shti va terisi uchun ovlanadi. 2 kenja turi: Yevropa Yelik (S. s. capreolus) va Sibir Yelik (S. s. pygargus) bor. O’zbekistonda faqat Toshkent viloyatining tog’li hududlarida uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz