YEKATERINA I ALEKSEYEVNA
YEKATERINA I ALEKSEYEVNA (Marta Skavronskaya) (1684.5.4 – 1727.6.5) Rossiya imperatori (1725-27). Litva dehqoni Skavronskiy oilasida tug’ilgan. 1702 yilda Marienburgda rus qo’shiniga asir tushgan. 1712 yil Pyotr I ga nikohlangan. Pyotr I vafotidan so’ng (1725) dvoryanlar yordamida taxtga o’tirdi. Yekaterina I davlat ishlari bilan aslda shug’ullanmagan. Uning davrida Oliy maxfiy kengash ta’sis etilib (1726), kengashga A. D. Menshikov boshchilik qilgan. Yekaterina I Pyotrning chet el sayohatlari va harbiy yurishlarida qatnashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz