YAZG’ULOM MUZLIGI



YAZG’ULOM MUZLIGI (Mozordara muzligi) — G’arbiy Pomirdagi (Tojikiston) vodiy muzligi. Yazg’ulom tizmasining shimoliy yon bag’rida, Yazg’ulom (mozordara) daryosi boshlangan joyda. Uzunligi 19,5 kilometr, maydoni 25,5 kilometr kvadrat. Muzlik tilining uzunligi 12,5 kilometr, eni 600-1000 metr. Muzdikning pastki chegarasi 3600 metr balandlikkacha tushgan. Muzlik sekin (sutkasiga bir necha santimetr) harakatlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz