YAXSHILIK VA YOMONLIK



YAXSHILIK VA YOMONLIK — axloqshunoslik fanining juft tushunchasi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik — eng muhim fazilat bo’lib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bag’ishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham “ezgu (yaxshi) fikr”, “ezgu (yaxshi) so’z”, “ezgu (yaxshi) amal” tushunchalari Avestodan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o’rin egallagan. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqko’ngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo’nlik kabi fazilatlar mujassam bo’ladi. Yomonlik — yaxshilikning ziddi, shaxs va jamiyat taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi illat. Yolg’onchilik, pastkashlik, munofikdik, behayolik, rahmsizlik, nomardlik, xiyonat kabi tushunchalarda namoyon bo’ladi. Diniy nuqtai nazardan yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy xislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi; yaxshilik ham, yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Qur’onda yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga o’zining ne’matlari bilan ehson qilganidek, inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Musulmonlar tasavvuriga ko’ra, odamlar bu dunyodagi yaxshi ishlari uchun narigi dunyoda mukofotini oladi, ya’ni huzur-halovatga muyassar bo’ladi, yomon ishlari uchun do’zax azobiga duchor etiladi. Qur’onda “Agar chiroyli amallar qilsangizlar — o’zlaringizga yaxshilik qilgan bo’lursizlar. Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham o’zlaringiz uchundir”, deyiladi (17-sura, 7-oyat). Keyingi davrlarda Yaxshilik va Yomonlik inson o’z manfaatlarini himoya qilishda to’g’ri yoki noto’g’ri yo’l tutishi natijasida yuzaga keladi, degan fikr o’rtaga tashlandi. Mutafakkirlar yomonlikni inson hayotidan chiqarib tashlash uchun uni vujudga keltiruvchi ijtimoiy sharoitni yo’q qilish zarur deb ta’lim beradi. Yaxshilik va Yomonlik tushunchalari inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega: uni insonning ulug’ligi yoki tubanligini o’lchaydigan muqaddas taroziga o’xshatish mumkin. Inson shaxsidagi yutuq va kamchiliklar, jamiyatning takomilga erishgan yoki erishmagani shu mezonlar bilan o’lchanadi. Qaysi jamiyatda yaxshilik ko’payib, yomonlik kamayib borsa, o’sha jamiyat axloqiy yuksaklikka, farovonlikka, taraqqiyotga tezroq erishadi; shaxsiy munosabatlarda xiyonat, g’azab, kibr, hasad, qasd, munofiqlik kabi illatlar asta-sekin yo’qolib, xushxulqlik, shirinsuxanlik, halollik, bag’rikenglik singari fazilatlar ko’proq o’rin egallab boradi, natijada jamiyatda yaxshilikning ustuvor bo’lishiga olib keladi. Abdulla Sher.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Yaxshilik va yomonlik haqida tushuncha

Yaxshilik va yomonlik — inson hayotidagi asosiy axloqiy tushunchalar bo‘lib, ular ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar, madaniyat va shaxsiy xulq-atvorni belgilaydi.

Yaxshilik nima?

Yaxshilik — bu boshqalarga yordam berish, mehr-muruvvat ko‘rsatish, adolatli, halol va saxovatli bo‘lish kabi ijobiy xislatlarni anglatadi. Yaxshilik odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ishonch va do‘stlik aloqalarini mustahkamlaydi. Yaxshilik qilgan inson o‘zi ham ruhiy tasalli, qoniqish va baxt hissini his qiladi.

Yaxshilik belgilariga quyidagilar kiradi:

Yomonlik nima?

Yomonlik — odamlarning zarariga ishlash, nafrat, yolg‘on, adolatsizlik, yomon niyat va yomon xatti-harakatlar orqali ko‘zga tashlanadi. Yomonlik jamiyatda nizolar, ziddiyatlar, adolatsizlik va tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Yomonlik qilgan inson o‘zining ham ruhiy azobini oshirishi, boshqalar bilan aloqalari buzilishi mumkin.

Yomonlik belgilariga quyidagilar kiradi:

Yaxshilik va yomonlikning o‘zaro munosabati

Yaxshilik va yomonlik doimo bir-biri bilan kurashda bo‘ladi. Har bir inson o‘z xulq-atvori va qarorlari bilan yaxshilikni targ‘ib qilish yoki yomonlikka yo‘l qo‘yish variantini tanlaydi. Jamiyatda tinchlik, farovonlik va taraqqiyot uchun yaxshilikni kuchaytirish juda muhim hisoblanadi.

Axloqiy qarorlarning ahamiyati

Inson hayotida qabul qilinadigan axloqiy qarorlar, yaxshi yoki yomon tomonlarga moyil bo‘lish, uning shaxsiy rivojlanishi, jamiyatdagi o‘rni va boshqalar bilan munosabatlarini belgilaydi. Shu bois, yaxshilik yo‘lidan borish, boshqa odamlar bilan do‘stona, hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish inson uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Xulosa

Yaxshilik va yomonlik — inson qalbida va jamiyatda doimiy mavjud bo‘lgan qarama-qarshi tushunchalardir. Ular hayotimizning sifatini belgilaydi. Har bir inson o‘z harakatlari bilan yaxshilikka xizmat qilishi, mehr-oqibatni ko‘rsatishi hamda yomonlikni rad etishi muhimdir. Shunday qilish orqali nafaqat o‘z baxtingizni ta’minlaysiz, balki jamiyatning tinchligi va barqarorligini ham mustahkamlaysiz.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz