YAXONTOV VLADIMIR VLADIMIROVICH



YAXONTOV VLADIMIR VLADIMIROVICH (1899.23.11, hozirgi Rossiya Federatsiyasi kurgan gubernyasi, Shadrin tumani — 1970.17.1, Toshkent) — entomolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1956), professor (1935), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1960). Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya intini va ayni vaqtda chet tillar intini tugatgan (1927). Shirobudin (Buxoro) tajriba stansiyasida bo’lim boshlig’i (1927-29), Toshkent qishloq xo’jaligi instituti o’simliklarni himoya qilish kafedrasida dotsent, professor (1930-34), entomologiya va zoologiya kafedrasi mudiri (1935— 61; 1965-70). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida entomofaglar laboratoriya mudiri, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, direktor (1961-65). Ilmiy ishlari, asosan g’o’za, beda zararkunandalari, hasharotlar ekologiyasini tadqiq etishga, qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usullariga bag’ishlangan. Yaxontov O’rta Osiyodagi tripslarning 10 ta yangi turini aniqlagan. As: listovoy lyusernovsh slonik ili fitonomus, T., 1934; Vrediteli selskoxozyaystvennix rasteniy i produktov Sredney Azii i borba s nimi, T., 1953: Ekologiya nasekommx, M., 1969.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz