YAXMALAK



YAXMALAK — konki va chanada uchish uchun mo’ljallangan usti tekis muz maydon. Sport yaxmalagi va ommaviy uchish yaxmalagi mavjud. Sport yaxmalagida konkida yugurish va chana sporti, konkida figurali uchish, xokkey bo’yicha o’quv mashg’ulotlari va musobaqalari o’tkaziladi. Ommaviy Yaxmalak faol dam olish joyi hisoblanadi. Tayyorlash usuli bo’yicha tabiiy (qishda tabiiy hovuzlarda tashkil qilinadi), suv quyilib tayyorlanadigan (sport maydonlari, stadion va shahrik.da) va sun’iy (maxsus sovituvchi qurilma yordamida tashkil qilinadi) Yaxmalaklar mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz