YAVANTROP



YAVANTROP, ngandon yoki Soloy odami — qazilma odam, skeleti qoldiqlari (PTA to’liq bo’lmagan bosh suyagi va 2 ta katta boldir suyagi) 1931— 33 yillarda Yava orolining ngandon qishlog’i yaqinida Solo daryosi qirg’oqlarida yuqori pleystosen qatlamlaridan topilgan. Dastlabki Geologik yoshi (60-50 ming yil) va ayrim morfologik belgilariga binoan yavantropni paleoantroplarga kiritilgan. Lekin keyinchalik bosh suyagining tuban tuzilishi belgilariga (ko’z usti bo’rtig’ining qalinligi, bosh miya qutisi hajmining kichik — 1100 sm3 bo’lishi va boshqalar) binoan Yavantropni arxantroplar (pitekantroplar)ga mansubligi aniqlandi. Bosh suyagida juda ko’p jarohatlar bo’lishi Yavantrop orasidagi kannibalizm, “boshni ovlash” va “bosh qutisiga sig’inish” bilan tushuntiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz