YAVALIKLAR



YAVALIKLAR, yavanlar — Indoneziyadagi xalq (89 million kishi), Yava oroli Markaziy qismining asosiy aholisi. Shuningdek, Malayziya, Avstraliya, Niderlandiya va boshqalar mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 89,6 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Yava tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, Sunniy musulmonlar. Yavaliklar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va baliq bilan shug’ullanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz