YAVA TILI



YAVA TILI — avstronez tillaridan biri. Asosan, Yava orolining Markaziy va Sharqiy hududlarida, qisman Malayziya, Singapur, Avstraliya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 90 millionga yaqin kishi (20-asrning 90-yillari o’rtalari). Yava tilining fonetik tarkibi 6 unli (a, 1, e, i, o, D) va 20 undoshdan tashkil topgan; o’zbek tilidagiga o’xshash q undoshi mavjud. So’zning morfem tarkibi sodda; so’z urg’usida cho’ziqlik holati kuzatiladi. O’zak (tub) so’zlar ko’p. Morfologik qurilishi grammatik kategoriyalarning kamligi va morfologik shakllarning erkin qo’llanishi bilan ajralib turadi. Grammatikada sintetik vositalardan ko’ra analitik vositalar ustunlik qiladi. Otlarda ko’plik son alohida shaklga ega. Gap bo’laklari o’rtasidagi aloqa so’z tartibi va yordamchi so’zlar vositasida amalga oshadi. Lug’at tarkibi sof avstronez qatlamidan tashqari hind, Arab, niderland, ingliz va boshqalar tillardan o’zlashgan so’zlarni ham qamrab oladi. Bir necha yuz lug’aviy birliklarni tanlab, farqlab ishlatish natijasida tilning uslubiy darajalari — “NGOko” (sodda til), “kromo” (xushmuomala, nazokatli til) va “madya” (o’rtacha til) farqlanadi. So’zlarni tanlab ishlatishda kishilarning ijtimoiy mavqei (yoshi, qarindoshligi, lavozim darajasi va boshqalar)dan kelib chiqiladi. Hozirgi bunday darajalar o’rtasidagi farqlar yo’qolib bormoqda. Yozma adabiy Yava tili tarixida 3 davr: qadimiy (Kavi, 12-13 asrgacha), o’rta (17-asrgacha) va yangi (17-asrdan) davrlar farqlanadi. Hozirgi adabiy tilga Surakarta shahri lahjasi asos bo’lgan. Yava tili boy yozma adabiy an’analarga ega. Eng qadimiy bitiklar 732 yilga, eng qadimiy yozma yodgorlik 809 yilga mansub bo’lib, bunday yodgorliklar Janubiy hind yozuvlari asosida shakllangan bo’g’inli yozuvlar (Kavi va pallava)da bitilgan. Keyinchalik mazkur yozuvlar asosida charakan deb ataluvchi Yava yozuvi yaratilib, u 17-asrgacha — Yava orolida lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy qilinguniga qadar asosiy yozuv sifatida qo’llanib kelgan. Charakanning qo’llanish doirasi asta-sekin torayib, 20-asrda undan faqat ayrim eski adabiy va tarixiy asarlarni nashr etishdagina foydalanilgan. Yava yozuvi (charakan) ham bo’g’inli yozuvlardan bo’lib, undoshlarni ifodalovchi har bir belgi (harf) o’z maxsus belgisiga ega bo’lmagan a yoki a unlilarini ham qamrab oladi, ya’ni har bir belgi “undosh +a” yoki “undosh +a” kabi talaffuz etiladi. Boshqa unlilar esa undoshlarni ifodalovchi harflar ustiga qo’yiladigan diakritik belgilar orqali farqlanadi. Pangkan deb ataluvchi Maxsus belgi so’nggi undosh tarkibida unlining yo’qligini bildiradi. So’z ichidagi undoshlar guruhi ligaturashu hosil qilib ixchamlashadi. Bunda o’zgarmasdan, to’liq yozilgan undosh belgilari — Aksara, o’zgarishga uchraganlari esa Pasangnan deb ataladi. Atoqli otlarni ifodalashda bosh harflarning alohida qo’rinishidan foydalaniladi. Yava yozuvi nafaqat raqamlarni ifodalovchi maxsus belgilarga, balki o’ziga xos murakkab tinish belgilari tizimiga ham ega: ularning ba’zilari bizdagi (yevropacha) tinish belgilariga o’xshasada, bajaradigan vazifalari o’zgachadir. 13-14-asrlardan Yava oroliga Islom dinining tarqalishi natijasida bu yerga Arab yozuvi ham kirib kelib, 20-asrgacha charakan bilan bir qatorda amalda bo’lgan. 20-asrning 2-yarmida Arab yozuvida uncha ko’p bo’lmagan diniy adabiyot nashr etiladi. Hozirgi Yava tili, asosan, lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi. Ad.:Teselkin A.S., Yavanskiy yazps, M., 1961; Teselkin A.S., Drevneyavan- skiyyazik (Kavi), M., 1963; Fridrix I., Istoriya Pisma, Per. s nem., M., 1979. Abduvahob Madvaliev.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz