YASSITEPA



YASSITEPA, Yassidepe — Turkmanistondagi Qaahqa aholi punktidan 9 kilometr shimoli g’arbda joylashgan qadimiy manzilgoh xarobasi (miloddan avvalgi 4-ming yillik). 1950-51 yillarda S.A.Ershov va 1952 yil B.A.Kuftinlar tomonidan tadqiq etilgan. Xom g’ishtdan qurilgan turar joylar, xo’jalik binolari qoldiklari chiqqan; geometrik naqsh bilan bezatilgan sopol idishlar, suyak bigizlar, o’g’irtoshlar, loydan yasalgan sanam, mis buyumlar siniqlari topilgan. Turar joy devorida qalin qilib qora va qizil bo’yoq bilan bo’yalgan devoriy rasm qoldiqlari saqlangan. Bu rasm O’rta Osiyo hududida eneolit davrida shakllangan dehqonchilik ko’chmanchilik madaniyatidan qolgan eng qadimiy devoriy rasm hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz