YASSI



YASSI — Ruminiyaning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Baxluy daryosi bo’yida. Yassi judesining ma’muriy markazi. Aholisi 348,1 ming kishi (1998). Transport yo’llarining yirik chorrahasi. Ruminiya Sharqining muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Qora metallurgiya, mashinasozlik (xususan, og’ir mashinasozlik, radioelektronika, stanoksozlik) sanoatlari rivojlangan. Kimyo sanoatining (plastmassa, sintetik tola, antibiotiklar ishlab chiqarish) yirik korxonalari mavjud. Mebel, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’npoyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Universitet (1860), Fanlar Akademiyasi filiali, badiiy, etnografiya muzeylari, teatrlar bor. Shahar 1395 yildan Aspazar nomi bilan ma’lum, 1408 yildan Yassi nomi bilan ataladi. Me’moriy yodgorliklardan cherkov (15-17-asrlar) va monastirlar saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz