YASMIQ



YASMIQ, adas — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik donli o’tsimon o’simlik turkumi, don ekini. O’rta dengiz, kichik Osiyo, Zakavkaze va O’rta Osiyoda 10 turi tarqalgan. Yasmiqning oddiy xo’raki turining yirik urug’li va mayda urug’li navlari qadimdan Yevropa mamlakatlarida, shimoliy Afrika, Kolumbiya, Chili, Rossiya va boshqalar mamlakatlarda ekib kelinadi (O’zbekistonda 20-asrning 50-yillariga qadar ko’p ekilgan). Yasmiqning ildizi o’qildiz, bo’yi 60— 70 santimetr. Bargi murakkab, juft patsimon, uchida jingalaklari bor. Gullari mayda, pushti, binafsha, ko’k, ko’pincha oq, barg qo’ltiqlariga 2-4 tadan joylashgan, o’zidan changlanadi. Mevasi dukkak, urug’i yumaloq, sariq, pushti, yashil, jigarrang. 1000 urug’i vazni 20-65 gramm. Urug’i tarkibida 2 3 3 2 % oqsil (oqsil miqdoriga ko’radukkakli ekinlar o’rtasida sayadan keyingi o’rinda turadi), 0,6—2,1% yog’, 47-70% kraxmal, 2,3—4,4% kul, 2,44,9% kletchatka, shuningdek, VR V2 vitaminlari bor. Yirik urug’li Yasmiq donidan taomlar tayyorlanadi (tez va ezilib pishadi), un va yorma ishlab chiqariladi, uni kolbasalarga qo’shiladi, mayda urug’li Yasmiq doni, umuman ko’k massasi, to’poni chorva mollari uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Yasmiq bahori, issiqsevar, namsevar, qisqa kun va uzun kun o’simligi. Urug’i 4-5° (8-10 kun)da unib chiqadi. Naviga qarab o’suv davri 80-120 kun. Qisqa muddat- li qorasovuqlar (-8°)ga chidamli. Erta bahorda keng qatorlab ekiladi. Hosili poyaning o’rta va pastki qismidagi dukkaklar sarg’ayganda o’riladi. Hosildorligi 20-22 tsentner/gektar (ba’zan 30-35 tsentner/gektar).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz