YASHIN
YASHIN — atmosferada bulutlar bilan bulutlar yoki bulutlar bilan yer sirti orasida paydo bo’ladigan juda kuchli elektr uchquni. Momoqaldiroq bilan birga paydo bo’ladi va juda yorqin yog’du beradi. Amerikalik fizik B. Franklin Ya.ning elektr xususiyatlarini tadqiq qildi. Yashin paydo bo’lishi uchun nisbatan kichik hajmdagi bulutda elektr maydoni hosil bo’lishi zarur. Yashinda elektr energiyasi issiqlik va yorug’lik energiyasiga aylanadi. Yashin ko’pincha qora yomg’ir bulutlarida, vulkan otiladigan paytda, tornado (quyun) va chang bo’roni mahalida ham paydo bo’ladi. Yashin, odatda, uzun chiziqsimon bo’lib ko’rinadi. Uzunligi bir necha yuz metrdan kam bo’lmaydi. Yashin bir necha bosqichda paydo bo’ladi. Birinchi bosqichda elektr maydoni keskin tus oladigan joyda erkin elektronlar yuzaga keltiradigan Zarbdor ionlanish jarayoni boshlanadi. Elektronlar elektr maydoni ta’sirida erga tomon tez yo’naladi va qavo atomlari bilan to’qnashib, ularni ionlashtiradi. Shunday qilib, elektron quyunlar vujudga keladi, ular elektr razryadlari ipi — strimerlarga aylanadi; strimerlar yaxshi o’tkazgich Kanad bo’lib, bir-birlariga qo’shiladi va yuqori o’tkazgichli yorqin termoionlashgan kanal Yashin boshi (lider)ga aylanadi. Liderning yer yuzasiga harakati bir necha o’n metrlik pog’onalar holida ~5107m/sek tezlikda bo’ladi, shundan keyin uning harakati bir necha o’n MK sek ga to’xtaydi, yog’dusi susayadi; keyingi bosqichda lider yana bir necha o’n metrga jiladi. Bu vaqtda yorug’ nurlanish butun o’tgan bosqichlarini yoritadi; shundan keyin yana to’xtaydi va yorug’lik susayadi. Bu jarayonlar liderning yer yuzasigacha bo’lgan 2103 m/sek tezlikdagi harakati davomida takrorlanib turadi. Yerga yaqinlashgan sari lider uchidagi maydonda kuch ko’paya boradi va unga javoban yer ustida ko’tarilib turgan buyumlardan qarshi strimer tashlanadi va lider bilan qo’shiladi. Oxirgi bosqichda lider iondashtirilgan kanal bo’ylab Yashinning asosiy razryadi harakat qiladi. U juda yorug’bo’lib. 10* m/sek tezlikda siljiydi. Asosiy razryad harakat qilgan kanaldagi temperatura 25000° dan ham oshib ketishi mumkin. Yashin kanalining uzunligi 1 — 10 kilometr, diametri bir necha santimetr bo’ladi. Bunday Yashin natijasida yong’inlar chiqishi mumkin. Shar shaklidagi Yashin juda katta solishtirma energiyaga ega bo’lib, ko’pincha chiziqli Yashin zarbidan keyin paydo bo’ladi. Bu Yashin sekunddan minutgacha mavjud bo’ladi va katta xarobalar keltiradigan portlash bilan yo’qoladi. Yashinlar odamlarning halok bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Yashin elektr va radio simlari, elektr stansiyalar, mashina va apparatlar uchun ayniqsa xavfli. Yashinning samolyotga tushishi konstruktsiya elementlarini ishdan chiqaradi, radio apparatlari va navigatsiya asboblarini ishdan chiqaradi, ekipaj a’zolarini ko’r qiladi yoki boshqa shikast yetkazadi. Daraxtga tushgan Yashin uning tagida va yaqinida turgan odamlarni shikastlashi mumkin. Yashindan muhofazalapish uchun yashii qaytargichlardan foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz