YASHILKO’L — Tojikistonning Tog’li Badaxshon Muxtor viloyatidagi ko’l. Panj daryosi havzasida, shimoliy Alichur va Janubiy Alichur tizmalari orasida. G’unt (Alichur) daryosida, 3734 metr balandlikda joylashgan. Uzunligi 24,2 kilometr, eng keng joyi 3,7 kilometr, maydoni 35,6 kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 12,5 metr, eng chuqur joyi 50,2 metr. Ko’lga 7 ta soy quyiladi. Ulardan eng yiriklari: Suulutagarkati, katta Bakchigir (Janubiy sohilida), katta Marjanoy va Kichik Marjanoy (shimoliy sohilida). Yashil tog’ qulab tushishi va Panj daryosining o’ng irmog’i G’unt daryosi o’zanining to’silib qolishi natijasida hosil bo’lgan. Asosan, qormuzlik suvlaridan to’yinadi. Suvi tiniq va chuchuk. Suv sathi aprel— avgust oylarida ko’tariladi. Sentabrdan aprelgacha bir tekisda pasayadi. Noyabr oxiridan may oxirigacha muzlab yotadi. Ko’l suvi yozda 10-13° gacha isiydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish