YASHAR KAMOL
YASHAR KAMOL (taxallusi; asl nomi Kamol Sodiq Go’kchali) (1922, Adana shahri yaqinidagi Xamite Go’kchali qishlog’i) — turk shoiri va yozuvchisi. 20-asr turk adabiyotining yirik namoyandasi. Birinchi hikoyalar to’plami — “Jazirama” (1952). Asarlarida demokratik tendentsiya kuchli. Boylik va qashshoqlik o’rtasidagi kurash Yashar Kamol asarlarining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. “Tog’lar afsonasi” (1973) romantik qissasi folklor ta’sirida yuzaga kelgan. Asarda o’tmishdagi Turkiya hayoti, odamlarning bir-biriga munosabati, axloqiy urf-odatlar mahorat bilan aks ettirilgan. Yashar Kamol ijodining boshlang’ich davri she’rlar, ocherklar yozish bilan boshlangan bo’lsa ham, unga yozuvchi sifatida romanlari, ayniqsa, 3 jildli “inja Mamad” asari (1955, 1969, 1984) Shuhrat keltirgan. “Asosiy tayanch” (1960), “Yer — temir, osmon—mis” (1963), “So’nmas olov” (1969), “temirchilar rastasi”, (1974), “Chakirjalik Efe”, (1972), “ilonni o’ldirsalar” (1976), “Ollohning sinovlari” (1978), “tepalikdagi anor daraxti” (1982) kabi roman va qissalar muallifi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz