YAROZIT



YAROZIT (Ispaniyadagi — Xaroso degan joy nomidan, ilk bor shu yerda topilgan) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Kg’e3(504)2(on)6. Tarkibida №(2% gacha), A1(19 % gacha), R (3% chamasi) va 8e (% ulushida) aralashmalari mavjud. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallangan, donador, zich va bo’sh tuproq shaklida uchraydi. Rangi sariq, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 3,0—3,5; zichligi 2,9— 3,25 g/sm3. Gipergen kelib chiqishga ega, sulfid konlarining oksidlanish zonasida pirit va markazit bilan assotsiasiyada uchraydi. Janubiy Ural, Qozog’iston, Ispaniya va Frantsiyada ma’lum miqdorda topilgan. O’zbekistonda Pirmirob, Choqadambuloq, Qo’rg’oshinkon, Qalmoqqir va Oltintopgan konlarining oksidlanish zonasida uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz