YARIMTEPA — Iroqning shimoliy g’arbida joylashgan, neolit davri, jumladan, Xassun madaniyatiga (miloddan avvalgi 6-ming yillik) oid bir necha manzilgoh xarobalari. Xom g’ishtdan qurilgan uylar, xumdonlar, dehqonchilik qurollari, mol suyagi va boshqalar chiqqan. Shuningdek, Xalaf madaniyati (miloddan avvalgi 5-ming yillik)ga oid Mesopotamiyadagi eng qadimiy sajdagoh qoldiqlari topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish