YARIM KECHA, yarim tun — yerdagi muayyan bir joy uchun haqiqiy yoki o’rtacha Quyosh markazi pastki kulminatsiyada (ufqdan eng pastda) bo’ladigan vaqt. Haqiqiy Quyoshning meridiandan o’tishida haqiqiy Yarim kecha, o’rta Quyoshning meridiandan o’tishida o’rtacha Yarim kecha yuz beradi. Yarim kechaning kirish vaqti joyning geografik uzunligiga bog’liq bo’ladi: har 15° dan keyin Yarim kecha 1 soat keyinroq kiradi. Odatda, Yarim kecha soat 24:00 da kiradi va kalendarda kun o’zgaradi. Fuqaro vaqti shu paytdan hisoblanadi. Dunyo vaqti hisoblay boshlanadigan Grinvich meridianining o’rtacha Yarim kecha uchun ma’lumotlar astronomik yilnomalarda beriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish