YARA



YARA — biror to’qimaning turli sabablarga qo’ra nobud bo’lgan qismi ko’chib, o’rnida hosil bo’lgan (teri yoki shilliq pardaning, odatda, teri ostidagi to’qimalarning ham) nuqsoni; granulyatsion to’qima o’sishi sekinlashuvi va teri yoki shilliq pardaning zararlangan joyida epiteliyning hosil bo’lish jarayoni buzilishi natijasida Yara juda sekin bitadi (masalan, terining trofik Yarasi). Yaraga mexanik va termik shikastlanishlar, kimyoviy moddalar, nurlarning teriga ta’sir etishi, shuningdek, nerv oziqlanishining buzilishi. Spesifik (maxsus) hamda nospesifik (nomaxsus) infektsiyalar (sil, zaxm va boshqalar), xavfli o’smalarning emirilishi va hokazolar sabab bo’ladi. Yara moddalar almashinuvining buzilishi (masalan, qandli diabetda), surunkali intoksikasiya, vitaminlar yetishmasligi, endokrin buzilishlar, organizmning holdan toyishi va boshqalarga olib keladi. Yara ko’rinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari o’yilgan shaklda bo’ladi. Chuqur Yara qon tomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijada qon ketishi kuzatiladi. Yara uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Ba’zan Yara qayta-qayta chiqishi ham mumkin. Yaraga sabab bo’lgan kasallik davolanadi, og’irroq hollarda xirurgik amaliyot qo’llanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz