YA’QUBIY
YA’QUBIY, al-Ya’qubiy, Abul Abbos Ahmad ibn Ya’qub (? — 897 yoxud 905) — Arab tarixchisi va geografi. Bag’dodda amaldor oilasida tug’ilgan. Armanistonda, so’ngra Xurosonda yashagan. Hindiston bo’ylab sayohat qilgan. Misrda qo’nim topib, u yerdan Mag’ribga borgan. Ya’qubiyning “Kitob ul buldon” (“mamlakatlar kitobi”) asari (taxminan 891 yil) o’sha davr olimlariga ma’lum bo’lgan dunyo mamlakatlari geografiyasiga doir bo’lib ko’p jihatdan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ya’qubiy, shuningdek, “Tarix” asari muallifi bo’lib, asarning 1-qismi Ossuriya, Misr, Yunoniston va qadimiy dunyoning boshqa davlatlari tarixiga oid. 2-qismida — Islom dini va Arab xalifaligining 872 yilgacha bo’lgan tarixi bayon etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz