YA’QUB



YA’QUB — Qur’onda zikri kelgan payg’ambarlardan biri. Ishoqning o’g’li, Yusufning otasi. Bibliyada Iakov deb tilga olingan. Ya’qub ayrim rivoyatlarda Isroil deb ham nomlangan. Ya’qub Allohning birligiga, ibodatiga da’vat etuvchi payg’ambarlardan bo’lgan. Qur’onda uning taqvodorligi va payg’ambarligi Allohning Ibrohim avlodlariga ko’rsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Ya’qub ikki xotini (Liyah, Rohila)dan va ikki cho’ri (Zalfo, Balha)dan 12 o’g’il ko’rgan. Rivoyatlarga ko’ra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya’qubning ana shu farzandlaridan tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz