YAQINDAN KO’RISH



YAQINDAN KO’RISH, miopiya ko’rish nuqsoni; bunda yaqindagi narsalar yaxshi, uzoqdagilar esa xira ko’rinadi. Homiladorlik davrida onaning turli infektsion kasalliklar (gripp va boshqalar), anemiya bilan og’rishi; yotib o’qishga odatlanish, qorong’ida yoki engashib uzoq vaqt ko’zga dam bermay o’qish va boshqalar yaqindan ko’rishga sabab bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolalarda ko’z soqqasi kichkina bo’lib, bola 9-12 yashar bo’lganida u normal shaklni oladi. Ba’zan ko’z soqqasi uzunchoqlashib, Qorachiqdan to’r pardagacha bo’lgan masofa kattalashib ketadi. Bunda uzoqdagi shakllardan keladigan parallel nurlar ko’zdagi to’r pardaga yetmay, o’rta yo’lda sinib, fokusga yig’iladi, natijada ko’riladigan buyum shakli to’r pardada aniq aks etmay kishi uzoqni yaxshi ko’rmaydi. Yaqindan ko’rish uch darajaga bo’linadi: yengil — 3,0 D gacha, o’rta — 3,0 D dan 6,0 D gacha va kuchli — 6,0 D dan yuqori. Yaqindan ko’rish darajasi ko’zga taqiladigan ko’zoynakning nur sindirish kuchiga qarab aniqlanadi. Taqilgan ko’zoynak shishasi nurlarni sindirishi tufayli ko’rinadigan tasvir to’r pardaga tushadi. Yaqindan ko’rish ko’z pardalari (oqsilli, tomirli, to’r parda) va muskullarini toliqtiradi, ular cho’zilib, ko’zning optik o’qi uzunlashadi, natijada Yaqindan ko’rish zo’rayadi, bu ko’zning ko’rish qobiliyatini pasaytiradi. Yaqindan ko’rishning zo’rayishiga akkomodatsiya (ko’z gavharining dam qalinlashib, dam yupqalashish qobiliyati)ning ta’siri katta. Odatda, Yaqindan ko’rish ko’z akkomodatsiyasi susaygan odamlarda ko’proq kuzatiladi, u naslga ham bog’liq. Yaqindan ko’rishni kamaytirish, uni zo’raytirmaslik uchun dastlabki belgilariga ahamiyat berish kerak. Masalan, agar o’quvchi doskadagi yozuvni uzoqdan yaxshi ko’rmasa, kitobni engashib o’qisa, kino yoki teatrlarda oldingi qatorga o’tirishga harakat qilsa, tezda ko’z kasalliklari vrachiga murojaat qilishi lozim. Vrach o’quvchini yaxshilab tekshirgach, lozim topsa, unga ko’zoynak yoki kontaktli Linzadan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqindan ko’rishning oldini olish uchun ko’z gigienasiga amal qilish, ko’zni toliqtirmaslik, uzoq vaqt yengashib turmaslik, boshni birdan qattiq egib yubormaslik lozim. Kuchli darajadagi Yaqindan ko’rishda vrach maslahatlariga amal qilish zarur.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Yaqindan ko‘rish — bu odamning yaqin masofadan ya’ni, odatda 25 sm ichida joylashgan jismlarni aniq ko‘ra olish qobiliyatidir. Yaqindan ko‘rish ko‘zning dioptrik kuchi va uning fokus nuqtasi bilan bog‘liq.

Yaqindan ko‘rish nimaga bog‘liq?

Ko‘z linzasi yorug‘lik nurlarini ko‘zning teskari qismida joylashgan retinaga aniq tusha olishiga yordam beradi. Ko‘z linzasi muskul yordamida shaklini o‘zgartirib, yaqin yoki uzoqdagi narsalarni aniq ko‘ra oladi. Ya’ni, yaqinroq bo‘lgan jismlar uchun linza oʻzining dioptrik kuchini oshiradi.

Yaqindan ko‘rishning ahamiyati

Yaqindan ko‘rish harakat, yozuv, o‘qish va boshqa ko‘plab kundalik faoliyatlarda juda muhimdir. Shu sababdan, odamlar uchun yaqin masofadan aniq ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lishi kerak.

Yaqindan ko‘rish bilan bog‘liq muammolar

Ba’zan odamlarda yaqin masofadan ko‘rishda muammolar yuzaga keladi, masalan:

Yaqindan ko‘rishni yaxshilash usullari

Xulosa

Yaqindan ko‘rish hayot sifati uchun juda muhim. Ko‘p o‘qish va ishlashning natijasida ko‘zlarga zarar yetmasligi uchun to‘g‘ri parvarish va ko‘z shifokori maslahatiga amal qilish lozim. Agar yaqin ko‘rish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lsa, davolanish uchun mutaxassisga murojaat qilish kerak.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz