YANGIOBOD



YANGIOBOD — Toshkent viloyatidagi shahar (1953 yildan) Angren shahar Kengashiga qarashli. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Angren (22 kilometr). Aholisi 9 ming kishi (2004). Shaharda sanoat, qurilish korxonalari, avtokorxona, aloqa bo’limi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta’lim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, poliklinika, tibbiy punkt, dorixona mavjud. Yangiobod — Angren yunalishida avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo’lga qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz