YANGIARIQSOY RASMLARI



YANGIARIQSOY RASMLARI — So’x daryosining irmoqlaridan bo’lgan Yangiariqsoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; Farg’ona viloyati So’x tumani hududida. 1979-81 yillarda arxeolog M.Xo’janazarov tomonidan ilmiy o’rganilgan. 1100 dan ortiqrasmlar alohida va guruh holida tosh yoki metal bilan uribcho’kichlab, ko’lanka, oddiy chiziqlar, sxematik uslubda shshgangan. Yangiariqsoy rasmlarining eng qadimiylari miloddan avvagli 2-1- ming yilliklarga mansub, shuningdek, milodiy 1-ming yillikka va o’rta asrlarga oidlari ham bor: odam, buqa, ot, tuya, bo’ri, it, tulki, arxar, echki, kiyik va boshqalarning rasmlari; shuningdek, ot va tuya mingan chavandozlar, kamondan o’q uzayotgan merganlar, qo’llarida uzun yog’och ushlab otda ketayotgan odamlar, buqa yonida turgan omoch va boshqalar narsalarning tasvirlari ham mavjud. Kishilarning kundalik hayotidan olingan lavhalar ko’p uchraydi. Rasmlar juda jonli va aniq ishlangan. Yangiariqsoy rasmlari orasidagi odam, buqa va omochning tasviri O’zbekiston hududidagi qoyatosh rasmlari tarkibida yagonadir, u Farg’ona vodiysida qadimdan ovchilik va chorvachilik bilan dehqonchilik ham rivojlanganligini ko’rsatadi. Yangiariqsoy rasmlari arxeologik yodgorlik va tarixiy manba sifatida muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz