YANGI YIL



YANGI YIL — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga to’g’ri keladi. Ko’pchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, Rossiyada (Pyotr I tomonidan 1699 yil belgilangan) har yili 1 yanvarda nishonlanadi. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda Navro’z bayramini Yangi yilning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz