YANGI TARIX



YANGI TARIX — jahon tarixini davrlashtirishda, asosan, tarix fanida o’rta asrlar tarixi bilan eng yangi tarix oralig’idagi (17-asr o’rtalaridan to 20-asr boshlarigacha bo’lgan) davrning umumiy nomlanishi. Biroq jahondagi turli xalqlar va davlatlarda Yangi tarix tushunchasi boshqa tarixiy davrlarni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, O’zbekiston tarixining Yangi tarix davri yuqorida ko’rsatilgan xronologik chegaradan ancha farq qilib, u 19-asr o’rtalaridan to 1991 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda hozirgi O’zbekiston hududi podsho Rossiyasi va sovet tuzumi mustamlakachiligi ostida bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz